Ilon Mask ilk marta Forbesʼning yillik milliarderlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi

11.08.2022

125

AQShning Forbes jurnali dollarlik milliarderlarning 36-reytingini eʼlon qildi. Ilon Mask birinchi marta roʻyxatning yuqori pogʻonasini egalladi, deb yozadi Forbes Russia.

Tesla asoschisi va eng yirik aksiyadorining boyligi $219 mlrd ga baholanmoqda. Xususan, u elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning 17% ulushiga, shuningdek, SpaceX kosmik kompaniyasining 44% ulushiga ega.

Mask ilk bor reytingga 2012-yilda kirib, 190-oʻrinni egallagan edi. 2021 yilgi reyting eʼlon qilingan paytda u ikkinchi oʻrinni egalladi va keyingi 12 oy ichida u Jeff Bezosni ortda qoldirib, $68 mlrd ga boyib ketdi (Forbes Real-Time milliarderlari maʼlumotlariga koʻra, bu sentyabr oxirida sodir boʻlgan).

Oʻsha paytda Amazonning sobiq rahbari $6 mlrd yoʻqotgan boʻlsa, hozir uning boyligi $171 mlrd ni tashkil etadi. Uchinchi oʻrinni xuddi bir yil avvalgidek $158 mlrd bilan modalar uyi rahbari Bernard Arno va uning oilasi egalladi.

Roʻyxatda jami 2668 kishi bor, ulardan 87 nafari birinchi marta roʻyxatga kirgan. Reyting ishtirokchilari soni boʻyicha birinchi oʻrinda 735 milliarder bilan AQSh, ikkinchi oʻrinda Xitoy — 607 kishi.

Bir yil davomida rossiyalik milliarderlar soni 35 kishiga kamaydi — endi ulardan 88 nafarigina qolishdi. Milliarderlarning umumiy boyligi 42% ga kamayib, $353 mlrd ni tashkil etdi. Asosiy qisqarish fevral va mart oylarida kuzatilgan.

Telegram asoschisi Pavel Durov $2,1 mlrd yoʻqotganiga qaramay, Rossiya reytingida uchinchi oʻrinni egallab turibdi. Hozir uning boyligi $15,1 mlrd ni tashkil etadi, shuning uchun u umumiy roʻyxatda 123-oʻringa tushib ketdi.

TEPAGA scroll-top-icon