Ommaviy oferta

1. Mazkur ofertada quyidagi tushuncha va atamalar qo‘llaniladi:

Yoshlarni kasb-hunarlarni o‘rgatishga qaratilgan onlayn xizmati tashkilotchisi – “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi;

Foydalanuvchi – “e-kasb.uz” rasmiy saytidan ro‘yxatdan o‘tgan holda xizmatlardan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxslar;

“e-kasb.uz” rasmiy sayti – yoshlar orasida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni o‘rgatuvchi sayt.

2. Foydalaanuvchi tomonidan oferta “e-kasb.uz”  saytining ro‘yxatidan o‘tish va/yoki qatnashish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish orqali aksept (qabul) qilinadi.

E-KASB.UZ” RASMIY SAYTIDAN FOYDALANISH SHARTLARI TO‘G‘RISIDAGI KELISHUV

3. “e-kasb.uz” rasmiy saytidan foydalanish bepul hisoblanadi. Saytning yuridik shaxslar faoliyatiga oid bo‘limlari yoki bo‘limlardagi ayrim huquqiy hujjatlari preskurant asosida pul to‘lovlari undirilgan holda taqdim etilishi mumkin.  

Foydalanuvchilar “e-kasb.uz” saytining rivoji uchun beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatishlari mumkin.

4. Foydalanuvchi ushbu saytdan o‘z hohishiga binoan foydalanish huquqiga ega.

5. Foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan maʼlumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga shaxsan o‘zi javobgardir.

6. Foydalanuvchi tomonidan “e-kasb.uz” rasmiy saytidan foydalanish mobaynida unga zarar yetkazish, maʼlumotlarni o‘chirib yuborish, yaroqsiz holatga keltirish va boshqa hollarda O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli javobgarlikka tortiladi.

7. Foydalanuvchi tomonidan ushbu rasmiy saytning materiallaridan maqolalar, ilmiy ishlar yoki boshqa turdagi axborot beruvchi maʼlumotlar uchun  foydalanilganda saytning rasmiy nomi ko‘rsatilishi shart.

8. Foydalanuvchining ismi, otasining ismi, familiyasi, lavozimi va boshqa shaxsiy maʼlumotlaridan “e-kasb.uz”  saytida foydalanish foydalanuvchining ruxsati bilangina amalga oshirilishi mumkin.

9. Ushbu Kelishuvning shartlarini qabul qilgan holda, foydalanuvchi quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolatlaydi:

Ushbu kelishuvni ixtiyoriy tuzilganligini, mazkur ofertaning barcha shartlari bilan tanishganligini, tushunganligini va ularga so‘zsiz rozi ekanligini.

10. Ushbu kelishuv yuzasidan yoki u bilan bog‘liq nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishi kerak. Kelishuvga erishilmagan hollarda, nizo ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq vakolatli sudga topshiriladi.

info__img

28427 nafar

Ro‘yxatdan o‘tganlar

info__img

21709 nafar

Kurs qatnashchilari

info__img

10637 nafar

Sertifikat olganlar

info__img

129 ta

O‘quv markazlari

person_img
TEPAGA scroll-top-icon